Respublika «Kelajak markazi» ga direktor tayinlandi

Respublika «Kelajak markazi» ga direktor tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’i bilan:

Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika «Kelajak markazi» direktori lavozimiga tayinlandi.

 

U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

Indira Xoldarova turli yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.

 

2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi o’rinbosari — «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Indira Xoldarovaga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.