“Kelajak” markazlari tizimi samarali tashkil etiladi

“Kelajak” markazlari tizimi samarali tashkil etiladi

Prezidentning joriy yil 8-sentyabrdagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–277-son qarori qabul qilindi.

 

 

Avvalroq, 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, Oʻquvchi yoshlar markazi va Oʻzbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Qarorga ko’ra, “Kelajak” markazlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

 

 

– shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat o’quv markazlarini jalb etgan holda to’garaklar tashkil etish;

 

 

– ota-onalar badali to’lovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika bo’yicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

 

 

2026-yil 1-yanvardan “Kelajak” markazlarida o’qiganlik uchun ota-onalar badali to’lovining minimal miqdorlari qayta ko’rib chiqiladi.

 

 

“Kelajak” markazlari kontingent soni bo’yicha ikkita guruhga ajratiladi. Bunda kontingent soni 600 nafargacha bo’lgan “Kelajak” markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq bo’lganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

 

 

– markazlardagi to’garaklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yo’nalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

 

 

– inklyuziv to’garaklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq to’lanadi.