Xorazmda tarbiyachi bolaning qo‘liga igna tiqqani aytilmoqda. Hodisaga chora ko‘rildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi bog‘chalardan birida bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘liga igna tiqqani tasvirlari tarqaldi.

 

“Ta’lim xabarlari” mazkur hodisa yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi bilan bog‘landi.

 

Ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda tarbiyachini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.

 

Ammo bolaning ota-onasi tarbiyachini o‘z ish joyida qolishini so‘ragani aytilmoqda.

 

Bu borada agentlik rasmiy munosabati hozircha e’lon qilinmagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры