Maktabda kimlar to‘liq oflayn malaka oshirishi kerak?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 28 dekabrdagi 577-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi xodimlar offline malaka oshiradilar.

 

Direktorning ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradilar.

 

Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (oflayn) malaka oshiradi.

 

Bundan tashqari:

 

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda (Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida), 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilangan.

 

Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (oflayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi “Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasida” (onlayn), 30 foizi pedagogika yo‘nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta’lim tashkilotida malaka oshiradi.

SS

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры