Kirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to’play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt asosida o’qish uchun arizalar qabuli boshlandi. Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. Saytda qaysi ta’lim yo’nalishiga necha ball yetmay qolgani hamda qancha super kontrakt asosida o’qish imkoni borligi haqida ma’lumotlar ko’rsatilgan. Shuningdek, minimal balldan past natijaga ega abituriyentlar ham super kontrakt […]
24-sentyabr kuni 1-bosqich talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza qabul qilish boshlangan edi. Bugun, 27-sentyabr onlayn ariza yuborishning so‘nggi kuni. Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa […]
Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi. Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi. TALIS – Oʻqitish […]
Xalq ta’limi vazirligining 206 va 393-sonli buyruqlariga ko‘ra, o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar davomatini nazorat qilish va bu ma’lumotlarni sinf jurnaliga qayd etishdir. Biroq, o‘quvchining sinfda qatnashishini ta’minlash ularning zimmasidagi mas’uliyat emas. O‘quvchi darsga kech qolishi yoki umuman kelmasligi holatida, o‘qituvchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaydi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, o‘quvchi […]
UzNews.uz axborot agentligining xabar berishicha, joriy yilning 19-noyabr kuni Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani 50-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi S.A. oʻzi bilan parallel sinfda oʻqiydigan 5-6 nafar boshqa sinfdagi oʻquvchilar tomonidan ayovsiz kaltaklangani va buning natijasida burun sohasida sinish holatlari kuzatilganligi haqida ma’lumot kelib tushgan. Ushbu zoʻravonlik boʻyicha jabrlanuvchi oʻquvchining oʻzi holatni quyidagicha bayon etgan. […]
Toronto universiteti psixologiya professori Kang Li minglab bolalarni o‘rganib, ularning qanday qilib yolg‘on gapirishni o‘rganishini va bu jarayonning ularning ijtimoiy va axloqiy tushunchalariga qanday ta’sir qilishini aniqladi. Ba’zi ota-onalar farzandlari ilk bor yolg‘on gapirganida xavotirga tushishadi. Ammo professor Li uchun bu – bolalarning sog‘lom rivojlanishining tabiiy qismi. U 30 yillik izlanishlari davomida bolalarda yolg‘on […]
Chorak tugab, maktablarda ta’til boshlanganda oʻqituvchilar ishga bormasa ham boʻladimi? Amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasiga koʻra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq, oʻz mehnat vazifalarini bajarishi lozim boʻlgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 125-moddasiga koʻra, ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini oʻz vaqtida aniq hisobga olib […]
Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bir qancha mezonlar asosida belgilanadi.
Abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berish tizimi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.10.2020-yildagi 646-son) qaroriga asosan belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qaroriga muvofiq, xorij va xususiy universitetlardan davlat OTMsiga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkin. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu masalaga atroflicha tushuntirish bergan. Xabarda keltirilishicha, xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham. Faqatgina yurtimizdagi xususiy/nodavlat oliygohlar hamda xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallaridan davlat OTMlarining mos va […]
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 19.11.2024 dagi 02-28-1612 sonli 5-6 sinflarda “AHA! Matematika” darsliklarini joriy etish boʻyicha xatiga ko’ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 5-6-sinf matematika fani o‘qituvchilari uchun, tumanlarda belgilangan tayanch maktablaridan markazlashgan holda tashkil etish belgilangan. Ushbu yangi darsliklar mazmun-mohiyatini fan mutaxassislariga yetkazish maqsadida, 2024-yilning 21-noyabr kunidan boshlab vebinarlar o‘tkazilishi […]
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va Abdulla Nigmatovich Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. Yig’ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston […]
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga koʻra, quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshiriladi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar; “Ustoz” milliy mukofoti gʻoliblari; Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari; respublika miqyosidagi […]
Uchrashuv davomida mamlakatimizda startaplarni moliyalashtirish holati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovlar, xususan, “Milliy hub” dasturi haqida maʼlumot berildi.
Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Pedagoglar oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari uchun 2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida attestatsiyadan o‘tkazilgan edi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 28-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan “Pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida Sertifikat”lar rasmiylashtirilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur sertifikatlar tez kunlarda har bir pedagogning Shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2024-yilning to’rtinchi choragida test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi. Oktyabr – 2024-yil 4-oktyabr – 2024-yil 17-oktyabr – 2024-yil 31-oktyabr Noyabr – 2024-yil 1-noyabr – 2024-yil 15-noyabr – 2024-yil 28-noyabr Dekabr – 2024-yil 12-dekabr – 2024-yil 26-dekabr Ma’lumot o’rnida, test sinovlarida ishtirok etadigan […]
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyruqda mazkur me’yorlar belgilangan. Unga ko‘ra o‘quvchilarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi: Ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa kiyimda kelishi, hamda bo‘yni va barmoqlariga […]
Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha ishlashlari mumkin: Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi; O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish; Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant; Kabinet mudiri.