Buxoro davlat texnika universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga Pardayeva Marhabo Davlatovna ish boshladi.
M. Pardayeva falsafa fanlari doktori, dotsent, xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati hisoblanadi.
Marhabo Pardayeva tayinlovga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyati boʻlimi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
