The FIFA World Cup 26: Futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida volontyorlik qilish imkoniyati

The FIFA World Cup 26: Futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida volontyorlik qilish imkoniyati

2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha ‘‘The FIFA World Cup 26’’ oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Dastur Kanada, Meksika hamda AQSh davlatlarining 16 shahrida oʻtkazilib, unda 48 jamoa orasida 104 ta oʻyin boʻlib oʻtadi.

 

 

Dasturga 18 yoshdan oshgan barcha nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Jami 65,000 ishtirokchi saralab olinadi. Ariza topshirilgandan soʻng saralab olingan nomzodlar volontyorlar tayyorlov jamoasiga chaqiriladi hamda taklif xati joʻnatiladi.

 

 

Ishtirokchilarga alohida kiyim, ishtirok sertifikati hamda dastur soʻnggida kichik sovgʻalar taqdim etiladi. Volontyorlar faoliyati jarayonida oziq-ovqat hamda ichimliklar bilan taʼminlanadi. Lekin ularning turar-joy hamda yoʻl xarajatlari loyiha tomonidan qoplanmaydi.

 

 

Loyiha haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Dasturga ariza topshirish vaqtida kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlish kerak;

 

Nomzodlar sportga, futbolga qiziqishlari hamda volontyorlar jamoasiga energiya baxsh eta olishlari kerak;

 

Ishtirokchilar 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha dastur boʻlib oʻtadigan joyda boʻlishi va unda shaxsan ishtirok eta olishi zarur;

 

Mezbon davlatga kirish talablariga mos boʻlish lozim;

 

Ingliz tilini bilish zarur. Unga qoʻshimcha boshqa tilni bilish saralash jarayonida ustunlik beradi;

 

Volontyorlar jamoasi tayyorlov jarayonida toʻliq ishtirok etish zarur;

 

Shaxsiyatni tekshirish jarayonidan oʻtish va shunga tayyor turish lozim;

 

Ishtirokchilardan dasturgacha volontyorlik tajribasi boʻlishi soʻralmaydi.

 

Foydali tomonlari

 

Qatnashchilar dunyodagi eng yirik sport tadbiriga guvoh boʻlish hamda unda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritadi;

 

Loyiha qobiliyatlarni rivojlantirish, global miqyosda tanishlar hamda doʻstlar orttirish va mamlakatini dunyoga tanitish uchun ajoyib sharoit yaratadi;

 

Ishtirokchilarga alohida kiyim, ishtirok sertifikati hamda dastur soʻnggida kichik sovgʻalar taqdim etiladi;

 

Volontyorlar faoliyati jarayonida oziq-ovqat hamda ichimliklar bilan taʼminlanadi.

 

Eslatma! Volontyorlik uchun haq toʻlanmaydi. Ishtirokchilarning yoʻl, turar-joy hamda boshqa xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi.

 

Hujjat topshirish

 

Dasturda ishtirok etish jarayoni quyidagicha:

 

 

Avvalo, FIFA Volunteer Communityda roʻyxatdan oʻtiladi;

 

FIFA Volunteer Community haqida umumiy tushunchaga ega boʻling hamda uning talablari bilan tanishib chiqing;

 

Ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldiring;

 

Ishtirokchi ariza topshirish jarayonida oʻzi volontyorlik qilishni xohlagan davlat hamda shaharni tanlash imkoni bor (faqat 1 ta).

 

Oxirgi muddat: 01.09.2025

 

Muhim sanalar:

 

2025-yil, avgust-sentyabr: arizalarni qabul qilish jarayoni boʻlib oʻtadi;

 

2025-yil oktyabr-2026-yil yanvar: qabul qilingan volontyorlar eʼlon qilinadi hamda saralab olinganlar volontyorlar tayyorloviga chaqiriladi;

 

2025-yil, dekabr-2026-yil, mart: saralab olinganlarga rasmiy volontyorlik xati keladi, ularning shaxsiyati va hujjatlari tekshiriladi. Jarayon Meksikada volontyorlik qiladiganlar uchun boshqacharoq boʻlishi mumkin;

 

2026-yil, mart-iyun: taklif xatini olgan ishtirokchilar kerakli joyga yetib kelishadi va loyihaga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi;

 

2026-yil, iyun-iyul: Jahon kubogi boʻlib oʻtadi.