Urganchda Al-Xorazmiy universiteti quriladi

Urganchda Al-Xorazmiy universiteti quriladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-aprel kuni transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilindi.

 

Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.

 

Urganchda Al-Xorazmiy universiteti quriladi

 

Taqdimotda, shuningdek, universitet konsepsiyasini boyitish bo‘yicha fikr almashilgan. Yoshlarning tadqiqotlari uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, startap loyihalarini tijoratlashtirish, raqamli texnologiyalar va kibersport yo‘nalishlarini joriy qilish muhimligi ta’kidlandi.