Keyingi yildan abituriyentlar o‘qishga kirish uchun 2 bosqichda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Jamshidbek Odilov Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashini ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, Hozirgi tizim bo‘yicha abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent qancha ball to‘plashini oldindan bilmaydi.

 

Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi.

 

Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

 

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori.

 

Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin, – dedi Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi.

 

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры