Ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda ijod maktablarida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani o‘rniga “San’at” fani kiritish taklif qilindi.

 

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev oldida qilingan maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimotida ma’lum qildi.

 

Bunda faqat rasm chizish emas, balki rangtasvir, hunarmandchilik, kinematografiya, haykaltaroshlik va dizaynga oid ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

 

Oliy o‘quv yurtlarida bu bo‘yicha maslahatchi tizimini Madaniyat vazirligi bilan bog‘lab, maqom, baxshichilik, teatr meroslarini yoshlarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, yirik korxonalar va klasterlar qoshida ansambllar tuzilib, mahallalarda konsertlar, maktablarda madaniyat kunlari tashkil etilishi belgilandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры