Fuqaro oʻgʻlining xatti-harakatlaridan jahli chiqib barcha aybni maktab maʼmuriyatiga agʻdarib, ular bilan janjallashgan. Bu haqda Milliy Gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12-mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktab direktori va inspektor-psixologi tomonidan maktab oʻquvchilari tahlil qilinib, surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi boʻlmagan oʻquvchilardan birining otasi fuqaro M.E. suhbatga chaqirtirilgan.
Suhbat mobaynida maktab direktori va inspektor-psixolog, fuqaro M.E.ga farzandining darsga kelmayotganining sabablarini soʻrab, darsda oʻzini tutishi ham oʻzgarib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilib birgalikda shugʻullanish zarurligi tushuntirilgan. Fuqaro M.E esa oʻgʻlining hatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda ishlash oʻrniga aksincha ularga aybni agʻdarib, janjal koʻtargan.
“Tashvish” xabari asosida soat 10:17 lar chamasi yetib kelgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan fuqaro M.E. ni tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan OʻzR MJtKning 47-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.