Yangi o‘quv yilida davlat granti asosida o‘qish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish 20-iyulda yakunlanadi

Yangi o‘quv yilida davlat granti asosida o‘qish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish 20-iyulda yakunlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10.03.2025 yildagi 149-son) qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 24-bandiga ko‘ra, davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirib, muayyan oʻquv yili boʻyicha GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori boʻlgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun qoʻshimcha davlat granti taqdim etiladi.

 

Bunda talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.

 

Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:

 

–  Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichini aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan GPA koʻrsatkichi 4 va undan yuqori ekanligi;

 

–  ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi koʻrib chiqilib, baholanadi.

 

Akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy faollikni aniqlash boʻyicha komissiyalar arizalarni koʻrib chiqish va baholash natijalarini har yili 1-avgustga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etadi.

 

Maxsus komissiya talabgorlarning maʼlumotlarini umumlashtirib, qoʻshimcha davlat grantiga tavsiya etiladigan talabalar roʻyxatini har yili 20-avgustga qadar oliy taʼlim tashkiloti rektoriga (direktoriga) taqdim etadi.

 

Maxsus komissiyaning tavsiyasi talabalarga qoʻshimcha davlat grantini berish boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti rektorining (direktorining) buyrugʻini rasmiylashtirishga asos boʻladi.

 

Qoʻshimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentabrga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

 

Yangi o‘quv yilida davlat granti asosida o‘qish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish 20-iyulda yakunlanadi