Manzil: 1, 3 Shivli St, Tashkent, Узбекистан
Telefon: +998781131373
Litsenziya raqami: №056369
Manzil: 1, 3 Shivli St, Tashkent, Узбекистан
Telefon: +998781131373
Litsenziya raqami: №056369
Xalq Taʼlim Info saytining xabar berishicha, yangi baholash tizimidan norozi boʻlgan keng jamoatchilik faollari Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri Hilola Umarovaga murojaat yoʻllagan. Taʼlim sifatidan va turli tajribalardan norozi bo’lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Facebook messengerida quyidagicha xabar qoldirishgan. Biz Taʼlim vazirligi bilan, joriy etilgan 100 ballik tizim va COP va SOC testlari boʻyicha […]
2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda borishlari kerak. Talabgorlar test sinovi […]
Hurmatli ota-onalar! 2024-2025-o‘quv yilida farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin. Shuni eslatib o‘tish joizki, dastlab joriy yilning 20-iyun sanasidan 31-iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi. Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Poytaxt hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova olib borgan yig‘ilishda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlarini tashkil etish muhokama qilingan. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha 29 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha 60 ta markaz (shtab) tashkil etilishi rejalashtirilgan. Markazlarda 200 nafardan ortiq ko‘ngilli lider yoshlardan iborat volontyor […]
2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qo‘llanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25-q/q, 5-хх-son “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli (20.06.2024-yildagi 190-sonli) buyrug‘i bilanUmumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha tavsiya Ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalar va tushuntirish xati Ta’lim rus tilida […]
Samarqand shahridagi 42-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioni bo‘ldi. Braziliyada o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahslarida u muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Afruza 10 ta partiyada 9,5 ochko (9 g‘alaba va 1 durang) to‘plab, so‘nggi tur natijasidan qat’iy nazar, raqiblarini ortda qoldirdi. Shuningdek, Afruza o‘tgan yili […]
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga ko‘ra o‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori: – 1 — 4-sinflar uchun 8 soat, – 5 — 9-sinflar uchun 10 soatni, – 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi. Bunda dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi. Shuningdek, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan […]
Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.
Aktrisa Shaxzoda Muhammedova tarbiyachilarning e’tiborsizligi sabab bog‘chada qizining qo‘li singanini ma’lum qildi. Videoyozuvda yig‘layotgan bolaga tarbiyachining xotirjam qarab turganini ko‘rishimiz mumkin.
Ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va Xoʻjayli tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xoʻjayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qoʻyishi […]
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiyasining 2024-yil 26-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunbuzarliklarning oldini olish, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Maktablardagi davomat haqidagi yangi tartibga ko‘ra, hamma maktabda surunkali dars qoldirgan o‘quvchilar ro‘yxati tuziladi. […]
Prezident qaroriga koʻra, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy etiladi.
Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi tibbiy tekshiruvdan o’tkazilmoqda.
Joriy yildan maqsadli grant kvotalari umumiy kvotalardan alohida taqsimlanadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligining mutasaddilari agentlik rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli chatda ma’lum qildi. Masalan, biror yo‘nalish kesimida tushuntiradigan bo‘lsak, OTMdagi “siyosatshunoslik” yo‘nalishlariga umumiy hisobda 1400ta kvota ajratildi. Shundan 1000ta kvota maqsadli ta’limga ajratiladi. Bu holatda eng avval maqsadli kvota ajratib olinadi, […]
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 32-maktab 10-sinf o’quvchisi va matematika o’qituvchisi o’rtasida janjal kelib chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. Tasvirda o’qituvchi dars vaqtida o’quvchiga tarsaki tushirgani sabab kelib chiqqani ko’rsatilgan. Shuningdek, qolgan o’qituvchilar uning jazava bilan dars o’tganiga bir-ikki martta guvoh bo’lgani hamda o’quvchi qizning mavsumiy bo’lib o’tadigan ichki fan olimpiadalarda qatnashish taklifini […]
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishlari kerak. Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytidagi pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali; Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish […]