Manzil: Azodlik MFY, Fleishmakher street, 2 Angren Street, Tashkent, Узбекистан
Telefon: +998559018880
Litsenziya raqami: № 056518
Manzil: Azodlik MFY, Fleishmakher street, 2 Angren Street, Tashkent, Узбекистан
Telefon: +998559018880
Litsenziya raqami: № 056518
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 34-IDUM da 9-sinf o‘quvchilari ichidagi zo‘ravonlar boshqa o‘quvchilardan majburlab pul undirayotgani va kaltaklashayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab talimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova quyidagicha izoh bildirdi: “Joriy yilning 9 sentyabr kuni ” Asaka tumani 34-IDUMdagi holat” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Ushbu holat Maktabgacha va […]
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi. Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan. Shuningdek, 20-avgust […]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida 9-11-sinflar o’rtasida o’tkazilayotgan umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning tuman bosqichida foydalanilgan ingliz tili fani bo‘yicha savollarni quyida yuklab olishingiz mumkin. Ingliz tili: 9-sinflar uchun 10-sinflar uchun 11-sinflar uchun
Abituriyentlar test jarayonida quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: – test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish; – test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish: – test o‘tkazish hududiga imtihon boshlanadigan vaqtdan 1,5 soat oldin borish; – testga […]
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi soliq inspeksiyasi xodimlarining 14-maktab o‘quvchilari orqali ota-onalarga soliq eslatmalarini tarqatgani ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabatlarga sabab bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida inspeksiya rahbariyati tomonidan maktabda bunday eslatmalarni tarqatish bo‘yicha topshiriq berilmagani aniqlangan. Natijada xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanib, inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga rasmiy ogohlantirish berildi. Shuningdek, barcha soliq inspeksiyalari rahbarlariga […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi. Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan ushbu […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlar kechikayotgani bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, ma’lumotlarni elektron platformaga kiritish saytdagi texnik nosozlik yuzaga kelgan. “Hozirda IT mutaxassislar ishlarni olib borishmoqda, yaqin orada yakunlashadi. Agarda texnik jihatdan muammo o’z yechimini topmasa yoki nosozlik davom etadigan bo’lsa, u holda […]
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Hukumatining tegishli (11.01.2022 yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Shu nizom asosida bir qancha talabalar ma’lum yo‘nalish doirasida tegishli OTM larga o‘qishga qabul qilingan. Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari hamda 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiya imtihonlari bo’lib o’tishi haqida ma’lumot bergandik. Quyidagi roʻyxatlar orqali esa, 1-4-noyabr kunlari mazkur […]
Unda Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov markaz tomonidan ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari uzaytirildi. Hujjatlarni 2024-yil 10-noyabrga qadar daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirishlari kerak bo’ladi. Kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar davom etadi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi. Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi. Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi. Test sinovlarini bajarish uchun: matematika, informatika […]
2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. Bu haqida “Taʼlim xabarlari” muxbiriga A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan press-turda institut axborot xizmati ma’lum qildi. Bunda Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy oʻrta […]
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin. Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti –https://pedkadr.uzedu.uz/ platformasidagi (Shaxsiy kabinetingiz) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish vaqtlari to‘g‘risidagi […]
Akademiya tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi. Bu akademiyaga kimlar hujjat topshira oladi? Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan […]
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomda o‘quv fanlarining nomi ko‘rsatilmaganligi sababli, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka toifa sinovlari boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan asosiy o‘quv fanlari (ona tili va adabiyot, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya va h.k)dan umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi ular boshlang‘ich sinflarda dars beradigan barcha o‘quv […]
Ma’lumki, joriy yildan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul ikki bosqichda – avval test, keyin tanlov tamoyili asosida o‘tkazilmoqda. 2024-yil 27-iyuldan abituriyentlar uchun tanlov bosqichi boshlangan bo‘lib, bu jarayon 10-avgust(shu kuni ham)ga qadar davom etadi. Shundan so‘ng bir hafta muddatda tanlov natijalari e’lon qilinadi. O‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda shaxsiy kabinetlari […]
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra 2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bunda […]