2025-yil 22-iyun 10:00 holatiga koʻra, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 506 778 nafarga yetdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 444 719 nafar;
Rus tili — 50 903 nafar;
Qoraqalpoq tili — 9 743 nafar;
Boshqa tillar — 1 413 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
erkaklar — 230 414 nafar;
ayollar — 276 364 nafar.
