Joriy yilning 18-iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi.
Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylangan.
Agentlik universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qilgan. Unda O‘zbekistonning 59 ta OTM qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.
O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin olgan. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300 o‘rinlar bandida qayd etilgan:
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 201–300
O‘zbekiston Milliy universiteti – 201–300
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201–300
Toshkent davlat yuridik universiteti – 301–400
Samarqand davlat universiteti – 401–600
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 401–600
Buxoro davlat universiteti – 601–800
Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 601-800
Navoiy davlat universiteti – 801-1000
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 801-1000
Toshkent davlat texnika universiteti – 801-1000
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 801-1000
Maʼlumot o‘rnida, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingidan yurtimizning 12 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda 47 ta, 2024-yilda esa 53 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin egallagan edi.
