Jasorat maktablariga ariza topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Jasorat maktablariga ariza topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligining 2025-yil 23-may 27q/q; 20-sonli ‘‘Umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qaroriga muvofiq, jasorat sinflariga kirish uchun nomzodlarning hujjatlari 20 kundan kam boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

 

 

Unga koʻra, joriy yilning 10-iyun kuniga qadar “Jasorat sinflari”ga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilishda birinchi bosqich (jismoniy tayyorgarlik) sinovlarini oʻtkazish uchun sport turlari boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibini shakllantiriladi.

 

 

Nomzodlarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

 

 

– oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

 

 

– imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

 

 

– 086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;

 

 

– psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlaridan, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;

 

 

– oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.

 

 

Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

 

 

Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklatiladi.

 

 

Oʻquvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.