Manzil: Qoraqalpog’iston Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumani Murtazabiy OFY, Taxitashskaya ko’chasi, 28 uy. Xo’jayli tumani Murtazabiy OFY, Taxitashskaya ko’chasi, 28 uy.
Telefon: +998612256566
Litsenziya raqami: № 194420
Manzil: Qoraqalpog’iston Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumani Murtazabiy OFY, Taxitashskaya ko’chasi, 28 uy. Xo’jayli tumani Murtazabiy OFY, Taxitashskaya ko’chasi, 28 uy.
Telefon: +998612256566
Litsenziya raqami: № 194420
Huquqshunoslik fanlariga oid testlarning darsliklarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan abituriyentlar norozilik bildirgan edi. Jumladan, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlar (bayroq qachon ko’tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to’g’risidagi qonun va shu kabi savollar yuzasidan shikoyatlar tarqaldi. Bilimni baholash agentligi ushbu vaziyatga nisbatan munosabat […]
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi hamda soha vakillari bilan taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot oʻtkazadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yangidan tashkil etilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishadi.
Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi. Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi.
17-18-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya, Indoneziya, Chexiya, Avstriya, Gretsiya va Hindiston kabi davlatlardan mutaxassislar kelgan. Jumaladan, 20 dan ortiq xalqaro toifadagi ekspertlar, tadqiqotchilar, shuningdek, […]
Quyida o‘tkazilgan kirish test sinovlaridagi fanlar majmuasi va unga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishishingiz mumkin.
2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 34-IDUM da 9-sinf o‘quvchilari ichidagi zo‘ravonlar boshqa o‘quvchilardan majburlab pul undirayotgani va kaltaklashayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab talimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova quyidagicha izoh bildirdi: “Joriy yilning 9 sentyabr kuni ” Asaka tumani 34-IDUMdagi holat” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Ushbu holat Maktabgacha va […]
Toshkent davlat agrar universitetiga tegishli bo‘lgan talabalar turar joyi qurilishi to‘xtatildi. Bu haqda, Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. “New Brand House MChJ” tomonidan qurilayotgan bino 400 talabani turar joy bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Lekin qurilish jarayonidagi qoidabuzarliklar uchun inspeksiya tomonidan bir necha marotaba yozma […]
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida: – boshlang’ich sinf o’qituvchisi; – o’qituvchi-tarbiyachi; – qo’shimcha ta’lim pedagogi; – uslubiy ish rahbari; – o’qituvchi-psixolog; – direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari; – direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari; – mahallada yoshlar yetakchisi; – pedagog-targ’ibotchi; – maktabgacha va maktab ta’lim vazirligida metodist.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. Radjabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Boqiyev Farxod Esanovich esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va […]
Amaldagi tartibga ko‘ra, birinchi marta ishga qabul qilingan va toifa olmagan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb qilinishi kerak.
Ammo, 2-toifa uchun imtihon topshirgan ammo hali toifa sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar taqdiri so‘roq ostida.
Xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan. Ushbu maʼlumot 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra tuzilgan. Qayd etish kerakki, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz soni bir yil ichida qariyb 24 ming […]
Yurtimizdagi “University of Business and Science” nodavlat OTM Malayziyaning 1-raqamli oliygohi Universiti Malaya bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Bu universitet QS World University Rankings bo‘yicha 60-o‘rinni band qilgan. Mazkur jarayonlarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgani ma’lum: – Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlashda O‘qituvchilar almashinuvi; – O‘zaro talabalar almashinuvi; – Tadqiqotlar o‘tkazishda […]
Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti. Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu savolga javob qaytardi. Ta’kidlanishicha, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti. U shuningdek, tavsiyanoma ko‘rinmagan vaqtda qo’lda kiritish imkoniyatiga ham to‘xtalib o‘tgan. “Hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. […]
Davlatimiz rahbari bugungi ochiq muloqotda eng avvalo o‘qituvchining kasbiy mahoratiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. “Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz”,- dedi Prezident. Bugungi kunda davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil […]
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasining ma’lum qilishicha, ta’lim muassasalarida o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha havo harorati quyidagicha bo‘lishi kerak: –Yengil jismoniy ish uchun — kamida 21°C; –O‘rtacha og‘irlikdagi ish uchun — kamida 17°C; –Og‘ir jismoniy ish uchun – kamida 16°C; –Fizika laboratoriyalari uchun harorat 18°C – 21°C oralig‘ida; –Havoning nisbiy namligi esa 40 – 60% bo‘lishi tavsiya etiladi. Shuningdek, […]
Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan magistratura mutaxassisligi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Farmonga keltirilishicha, bu ishning bajarilishiga Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) va Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) mas’ullar etib belgilangan.
Davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari ma’lum qilindi. Unga ko’ra, oylik maoshlar quyidagicha belgilangan. 1. Til oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli tayyorgarlik guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari: Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda) – oliy malaka […]