Manzil: Uzbekistan, Tashkent, Alixon To’ra Sag’uniy ko’chasi, 49-uy
Telefon: +998712440126
Litsenziya raqami: № 0044
Manzil: Uzbekistan, Tashkent, Alixon To’ra Sag’uniy ko’chasi, 49-uy
Telefon: +998712440126
Litsenziya raqami: № 0044
O‘quvchi daftar tutmaganligi uchun o‘qituvchi emas ota ona javobgarmi? Huquqshunos javobi quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bir qator majburiyatlarga ega. Unga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashi, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun […]
Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Shuningdek, bunda oʻqituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori […]
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar qildi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi . Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy […]
2024/2025-oʻquv yili qabulida 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi. Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi. 💾 PDF shaklida yuklash 2024-2025-o’quv yili uchun super kontrakt miqdori […]
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovini tizimli ravishda o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilandi. Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi: Birinchi bosqich – tuman (shahar) bosqichi. […]
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Demak, pedagogika yo‘nalishida 3-kursda o‘qiyotgan talabalar bemalol […]
Buni qarangki, o’qituvchilar turli mamlakatlarning pul belgilarida keng aks ettirilgan ekan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (17.09.2021-yildagi 572-son) qarorining 26-bandiga ko’ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin: – pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi; – pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar […]
Hozirgi vaqtda juda ko’pchilikni “Qanday qilib chet elda grant asosida o‘qishim mumkin?”, “Buning uchun nimalar talab qilinadi?”, “IELTSdan yuqori ball olsam grant yuta olamanmi?” yoki “Grant yutish uchun baholar ahamiyatlimi?” degan savollar qiynaydi. Ushbu maqola orqali bu savollarga imkoni boricha qisqa va aniq javob berishga harakat qilamiz. Dastlab, chet el grantlarining turlari va ularning […]
2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari uzaytirildi. Hujjatlarni 2024-yil 10-noyabrga qadar daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirishlari kerak bo’ladi. Kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar davom etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga qabul qilish muassasalarda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Imtihonlar natijalari sinovlar o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Yuqoridagi jadvalda SSV Matbuot xizmati tomonidan […]
O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, talabaning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davri mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan […]
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Qorasuv massivida “Me‘mor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan. Ma’lumotlarga ko’ra, 1800 o’ringa mo’ljallangan ushbu maktab binosi qurilishi davomida bir qator qoidabuzarliklarga yo’l qo’yilgan. Obyekt bo’yicha qurilishi ishlarini tashkil qilish loyihasi […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari, 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika, 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich taʼlim, 9-noyabr kuni tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlari, 11-12-noyabr kuni ingliz tili, koreys tili, xitoy tili va yapon tili fanlari, 13-noyabr […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov va Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor o‘rinbosari Farhod Mirzayevlar bu yilgi qabul jarayonlari bo‘yicha eng muhim savollarga javob berdi.
2024-yil 5-sentabr kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). […]
Imom Termiziy nomidagi islom instituti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur ta’lim dargohi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida 2020-2021 o‘quv yilidan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, 2023-2024 o‘quv yilida ilk bitiruvchilar mazkur ta’lim muassasasini tamomladi. […]
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars bergan pedagoglarga 50 foizdan 100 foizgacha maxsus ustamalar to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko’ra, – 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi; – “3” va undan […]
Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Unda 150 mingdan ortiq hamkasblar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova […]