Manzil: Farg’ona viloyati, Usmon Yusupov ko’chasi
Telefon: +998954850070
Litsenziya raqami: №037700
Manzil: Farg’ona viloyati, Usmon Yusupov ko’chasi
Telefon: +998954850070
Litsenziya raqami: №037700
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 va 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyulda 25-sonli qo‘shma qaror ishlab chiqilgan […]
Bu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) davom etadi.
Joriy yilgi Toshkent shahri bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, quyidagi reyting tuzildi. O‘rtacha ballar bo‘yicha Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumani bitiruvchilari boshqalardan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega. Yangihayot tumani esa nisbatan past ball bilan so‘nggi o‘rnida. 1. Mirobod tumani — 91,182 ball 2. Mirzo Ulug‘bek — 91,16 ball 3. Yunusobod tumani — 89,473 […]
Maktab va maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlarining ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi. Unga ko’ra, oylik maoshlar quyidagicha belgilangan. 1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori: Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda) – I guruh: 4.870 – II guruh: 4.604 – III guruh: 4.342 – IV guruh: 4.066 […]
“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi. 2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars oʻtish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur maktablarda: – oʻquvchilarning yaratuvchanlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etiladi; – oʻquvchilarga amaliy loyihalarni ishlab chiqish […]
Universitet axborotida kontrakt narxlarining oshirilish sabablari ochiqlanmagan.
2024-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi. Shuningdek, 22-avgust kuni o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Apellyatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti […]
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqaldi. Xabarda keltirilishicha, Sirdaryodagi 27-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna sanchish orqali jazolanayotgani aytilgan. 1- sinfning rahbari bo‘lgan o‘qituvchi bolalarga tazyiq o‘tkazib, ularning hojatxonaga boroshiga ham ruxsat bermasdan, sinfxona eshigini berkitib dars o‘tgan, shuningdek, bolalarning qo‘liga igna ham sanchgan. Murojaatchi esa, bu holatga […]
Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi qo‘mitasining 2023-yil bo‘yicha tayyorlagan ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilga nisbatan respublikada virusli gepatit A bilan kasallanish ikki baravarga oshgan, maktab yoshidagi bolalarda 39 foizni tashkil etgan. Bunga esa aynan suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya va gigiyena bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin.
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
“11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” dam olish kuni bo’ladimi? 2023-yilning may oyida bir loyiha ko’rib chiqilayotgani va 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni tegishli qonun bilan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxatiga kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinchalik bu loyiha haqida boshqa xabar chiqmadi. Hozircha bunday qonun qabul qilingani yo’q. Shu sababli […]
Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yilda jami 19 629 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 27 807 nafarga yetgan.
Nomzodlar tomonidan kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan taqdimot quyidagi mezonlar asosida baholanadi: – O‘qituvchining ta’lim jarayoniga hamda o‘quvchularni sifatli ta’lim olishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qila olishi; – Ta’lim jarayonini rejalashtirishda ta’limning innovatsion shakllari va usullaridan foydalana olishi; – Ilg‘or pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega ekanligi; – Taqdimotning […]
Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. 9-noyabr kuni attestatsiya test sinovlarida tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlari oʻqituvchilari ishtirok etishlari haqida ma’lumot bergan edik. Lekin ba’zi viloyatlarniki hali aniq emas edi. Quyidagi roʻyxat orqali pedagoglar test […]
Hukumat qaroriga (681-son, 25.12.2023-y.) koʻra, 2024-yil 1-yanvardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5-yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. Oʻquv […]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli) qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan direktor jamg‘armasidan mukofot puli ajratish imkoniyati mavjud. Bu qarorga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga har oylik ustama belgilanadi, shuningdek, ularni mukofotlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Nizomning 29-bandiga asosan, barcha umumta’lim […]
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Toifa testlarini o’z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa bo’ladimi? Buning imkoni bor. Bunday holatlarda pedagoglar qaysi hudud (viloyat)da toifa testlarini topshirish imkoniyati boʻlsa, oʻsha hudud (viloyat)da test oʻtkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishlari kerak boʻladi. Ishchi guruh murojaatni tasdiqlagandan keyin, o’sha hududda attestatsiya imtihonidan o’tish mumkin
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent tumani 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muhammadbilol Mirsobitov Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritgan. Qayd etilishicha, tumanda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiya tashkil etilgan. “Muhammadbilol bir o‘quv yili davomida ushbu stipendiya bilan rag‘batlantirib boriladi”, […]