O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi tegishli qarorlari bilan qo‘shimcha kvotalar ajratilishi belgilangan: – 17-noyabr 2017-yildagi PQ-3394-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul kvotalari, – 14-may 2018-yildagi PQ-3726-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar […]
Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yil 87-son) qaroriga ko‘ra, uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi. Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan […]
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunga oid hukumat qaroriga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o’qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi. Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Davlat granti asosida taʼlim oladigan […]
Joriy yilgi OTMlarga qabul imtihonlarida huquqshunoslik fanlariga oid testlarning darsliklarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan abituriyentlar norozilik bildirgan edi. Jumladan, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlar (bayroq qachon ko’tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to’g’risidagi qonun va Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo […]
Qadrli vatandoshlar! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir […]
Lekin vazirlik sertifikat ololmaydigan o‘qituvchilarga qanday chora ko’rilishi haqida halicha ma’lumot bermadi.
Qur’a natijalari bo‘yicha maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi.
Mehnat kodeksining 385-moddasida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni belgilab berilgan. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv taʼtillari: oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga […]
Mazkur imtiyoz 2 foizli grant asosida bo’lib, jami 697 ta qo’shimcha kvotani tashkil etadi. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi. ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham […]
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan. Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Xalq ta‘limi Info telegram kanali asoschisi Ulug‘bek Po‘latov mazkur masalaning umumiy tahlilini qilgan. Unga ko‘ra, Prezidentning 2017-yildagi taklifiga […]
Shuningdek, oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkaziladi. Gʻoliblar oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Xalq ta’limi vazirligining 206 va 393-sonli buyruqlariga ko‘ra, o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar davomatini nazorat qilish va bu ma’lumotlarni sinf jurnaliga qayd etishdir. Biroq, o‘quvchining sinfda qatnashishini ta’minlash ularning zimmasidagi mas’uliyat emas. O‘quvchi darsga kech qolishi yoki umuman kelmasligi holatida, o‘qituvchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaydi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, o‘quvchi […]
Quyidagi sabablarga ko’ra, o’qishni “Qishki perevod” orqali ko’chirish mumkin. -Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o’sha hududga o’qishini ko’chirishi (o’zining yo’nalishiga yoki mos va turdosh yo’nalishga ko’chirishi, xoxlasa ta’lim shaklini ham o’zgartirib ko’chirishi ham mumkin); -Ota-onasi yoki turmush o’rtog’i davlat xizmatchisi bo’lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko’chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi […]
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan (15. 447-son), magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz davlat tomonidan qoplab beriladi. Bunda talabgorlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tomonidan tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15- oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori […]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 va 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyulda 25-sonli qo‘shma qaror ishlab chiqilgan […]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilingan. Ushbu universistetda quyidagi yo’nalishlar bo’lgan: – Raqamli Biznes Boshqaruvi […]
2024 yilning dastlabki 5 oyi davomida 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq YTH sodir etilgan. YTHlar natijasida halok bo‘lganlarning 65 nafari maktab o‘quvchilaridir. 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. O‘tgan 2023-yilda esa bolalar bilan bog‘liq 1 ming 794 ta YTH sodir etilib, ularda 1 ming 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola […]
Huquqshunoslik fanidagi test savollaridan norozi abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi. Avvalroq, huquqshunoslik fani bo‘yicha tuzilgan savollar abituriyentlar hamda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik. Advokat Muhriddin Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, ushbu holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi. “Joriy yil iyul oyida yuridik […]
O’zbekiston elchisi Abat Fayzullayev “Global Hippo” uyushmasi prezidenti Daniyeli Piachenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. O’tkazilgan muzokaralarda mazkur uyushma tomonidan 2025-yilda tashkil etiladigan xalqaro ingliz tili olimpiadasining mintaqaviy bosqichini Samarqand shahrida o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishildi. “Hippo English without Borders” – bu Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi shafeligida o’tkaziladigan xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi […]