Oʻzbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

Oʻzbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

2025-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

 

 

Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG taʼsischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirgan.

 

 

Uchrashuvda qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari, jumladan:

 

 

– Oʻzbekiston yoshlarini ilgʻor texnologiyalarga oʻrgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;

 

– Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish;

 

– Oʻzbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi va Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya taʼlim vazirligining “ANABIN” axborot bazasiga kiritilishi muhokama qilingan.