Amerika Qo’shma Shtatlarining Nevada shtati Las Vegas shahrida joriy yilniy 23-27 mart kunlari, AQSh Metal, Minerallar va Materiallar Tashkiloti tomonidan “TMS Annual meeting 2025” jahon konferensiyasi tashkil etildi.
Ushbu kongressda aerokosmik, mashinasozlik va ilgʻor materiallar boʻyicha dunyoning koʻzga koʻringan tashkilotlar, korxonalar va taʼlim dargohlari jumladan, Harvard University, Massachusetts Texnologiyalar Universiteti, Stanford Universiteti, Oak Ridge Milliy Laboratoriyasi, NASA, GE Aviation, kabi tashkilotlaridan jami 4000 nafardan oshiq olimlar etishdi. Ushbu Jahon Kongressi, AQSH Metal, Minerallar va Materiallar Tashkiloti tomonidan har yilda 1-marta oʻtkaziladi. Bunda asosan dunyoning turli mamlakatlaridan aerokosmik, neft-gaz, ogʻir sanoatdagi yangi va ilgʻor materiallar boʻyicha ilmiy ishlar va yangiliklar bilan ishtirok etishadi. Ushbu Kongressda bu yil yagona Oʻzbekiston jamoasi ham ishtirok etishdi.
Xalqaro Anjumanda, Oʻzbekistonlik olimlar yakuniy final bosqichida “Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlili” mavzusida ilmiy ishlari bilan «University of Business and Science» oliygohi hamda Oʻzbekiston Texnologik Metallar Kombinati vakillari Rahmatjon Gaipov, Elyorjon Jumayev, Omon Sultonov, Farhod Abdullayev, Amir Abidov va Orifjon Mixliyevlar ishtirok etishib, ishtirokchilarda ijobiy taassurotlar qoldirdi.
Ushbu kashfiyotning ahamiyati tarafi shundan iboratki, hozirgi kunda dolzarb hisoblangan yangi turdagi zamonaviy materiallarni yuqori haroratlarda mustahkamliligini taʼminlash yoʻllari yoritib berilgan. Ularni mexanik xususiyatlarini saqlagan holda, nano oʻlchamda strukturaviy oʻzgarishlari haqida bayon etildi. Ushbu ishtirok oʻzbek materialshunos olimlarni dunyo miqyosida oʻz oʻrniga ega ekanligini yana bir namunasidir. Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik yoʻnalishidagi dolzarb muammolarga yechim taklif qilgani uchun xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi va 1 – oʻringa loyiq koʻrildi.
Maʼlumot uchun, ushbu tadbirda oʻz ilmiy kashfiyoti bilan ishtirok etgan texnika fanlari doktori, Professor Elyorjon Jumayev, dunyoning koʻzga koʻringan tashkilotlari jumladan Hyundai Motors, Samsung, NASA va Oak Ridge Milliy Laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan yosh oʻzbek olimidir. U hozirgi kunda dunyo olimlari qatorida oʻz oʻrniga ega boʻlib, 350 dan oshiq yangi turdagi materiallarni kashf qilgan, 7 dan ortiq xalqaro patent va 16 dan ziyod dunyoning yetakchi jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan.


