Dunyo bo’yicha ta’lim darajasi yuqori davlatlar reytingi e’lon qilindi. O’zbekiston qaysi o’rinda?

Dunyo bo’yicha ta’lim darajasi yuqori davlatlar reytingi e’lon qilindi. O’zbekiston qaysi o’rinda?

Wisevoter dunyo bo’yicha bilim darajasi yuqori bo’lgan TOP-10 mamlakat reytingini e’lon qildi.

 

 

Unga ko’ra, Janubiy Koreyada aholining deyarli 70 foizi oliy ta’limni tamomlagan, bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Kuchli uchlikka Kanada va Yaponiya 5 foizdan kam farq bilan kiradi.

 

 

 

Janubiy Koreya – 69,29%

 

Kanada – 66,36%

 

Yaponiya – 64,81%

 

Lyuksemburg – 63,12%

 

Irlandiya – 62,88%

 

Rossiya – 62,09%

 

Litva – 57,48%

 

Buyuk Britaniya – 57,47%

 

Niderlandiya – 55,6%

 

Norvegiya – 55,03%

 

 

Shuningdek, O’zbekiston 16,4% bilan 64-o’rinda turibdi.

 

 

Wisevoter tahlilchilari, shuningdek, yetakchi mamlakatlarda yaxshi moliyalashtirilgan ta’lim dasturlari, jahon darajasidagi universitetlar mavjudligi va ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagan.