Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 5 kunlik dam olish kuni berilgan edi. Ertadan, yaʼni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2025-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.
Maktablarda dars boʻlmagan vaqt yaʼni, oʻquvchilar uchun berilgan qishki taʼtil payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.
Bu paytda oʻqituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab maʼmuriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Oʻquvchilar uchun taʼtil 2025-yil 12-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari 2025-yil 13-yanvardan boshlanadi.