Hamkasbiga shilqimlik qilgan “zamdirektor” qamaldi

Fargʻonadagi futbol maktabida oʻzi bilan birga ishlovchi ayolga shilqimlik qilgan direktor oʻrinbosariga nisbatan qamoq jazosi berildi.

 

2024-yil 7-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasining 1-qismi bilan A.S.ga oid maʼmuriy ish materiallari koʻrib chiqilgan.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, direktor oʻrinbosari A.S. sentyabr oyida Fargʻona shahrida joylashgan futbol maktabida ishlab kelayotgan ayol – xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari F.Oʻ.ga nisbatan shahvoniy xarakterga ega boʻlgan qoʻpol harakatlar qilgan. Jumladan, unga shilqimlik qilib, behayo gaplar aytib, uning tana aʼzolarini ushlagan.

 

Sud qaroriga koʻra, sudlanuvchi A.S. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi va shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры