Ikki nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiyasida 92 va 94 ball olishdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo’ldi.

 

Gʻijduvon tuman 6-umum taʼlim maktabi Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Yarasheva Umida Orziboyevna qizi 94 ball olgan.

 

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Toifa olish uchun qancha ball to’plash kerak?

 

Pedagog-o‘qituvchilar majburiy attestatsiyadan o‘tishda me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha saralanadi.

 

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–80 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi o‘qituvchi lavozimiga)

 

–tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta o‘qituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsizdan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;

 

–55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

 

Eslatma! Attestatsiya sinovlariga quyidagi botlarga joylangan yangi diagnostika testlar bilan tayyorgarlik ko’ring:

 

O’zbek tilida: @uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot

Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры