2024-yil 1-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori o’quvchilarni kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi.
Unda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan 38-maktab direktori boshchiligida yosh avlod bilan ishlash jarayoni aks etgan.
Vaziyat bo’yicha Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
“Xabarlar yuzasidan Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tuzilib vaziyat o’rganilmoqda. O’rganish ishlariga yakunlariga ko’ra batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan. Shu o’rinda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zo’ravonlikning har qanday turini keskin qoralagan holda, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarida pedagogik etika qoidalariga rioya etish zarur ekanligini ma’lum qiladi”.