Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab oʻquvchilari uchun chorakning soʻnggi kuni 2-noyabrga toʻgʻri kelib, 4-noyabr kuzgi taʼtilning ilk kuni sanaladi. Taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, oʻquvchilar uchun taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan:

– kuzgi tatil – 4-noyabrdan boshlab kalendar kun;

 

–  qishki taʼtil – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

 

–  bahorgi taʼtil – 21 kalendar kun;

 

–  yozgi taʼtil – oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha

 

Eslatma! 1-sinf oʻquvchilari uchun esa fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

 

Maʼlumot uchun, taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolsa, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

 

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры