545 ta maktabda ta’lim sifati past – vazirlik - Ta’lim xabarlari
545 ta maktabda ta’lim sifati past – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli (26.03.2024-yildagi 95-sonli) buyrug‘i bilan ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Hujjatga ko‘ra:

 

– besh kun muddatda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida yuqorida qayd etilgan nizomda nazarda tutilgan tegishli maʼlumotlarni ustozfondi.uz electron platformasiga joylashtiriladi;

 

– taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga tegishli oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etiladi;

 

– oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilishda ularga berilgan imtiyozlar va yengilliklarni hamda murojaat qilish tartibi, muddati va taqdim etiladigan hujjatlar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshiriladi;

 

– taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhlar tuziladi;

– ishchi guruhlar tomonidan saralash jarayonlarini yuqorida qayd etilgan nizom talablari asosida hamda shaffof va adolatli oʻtkazilishini nazorat qilinadi;

 

– joriy yil 5-avgustga qadar ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va suhbat natijalariga koʻra saralangan oʻqituvchi-pedagoglar haqidagi maʼlumotlarni ustozfondi.uz elektron platformasiga kiritiladi;

 

– saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga ishga kirish boʻyicha 25-avgustga qadar ariza yozgan oʻqituvchi-pedagoglarni qonunchilikda belgilangan tartibda maktab direktorlari tomonidan ishga qabul qilinadi;

 

– joriy yil 8-avgustga qadar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabda dars berish uchun murojaat qilgan va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchipedagoglar roʻyxatini vazirlikka taqdim etadi;

 

– saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga ishga qabul qilingan oʻqituvchi-pedagoglarning maxsus ustamalarini oʻz vaqtida toʻlab boriladi.

 

Ta’kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagoglarga ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz va boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры