Keyingi o‘quv yilidan boshlab, maktab bitiruvchilariga kasb-hunar boʻyicha elektron sertifikat beriladi - Ta’lim xabarlari
Keyingi o‘quv yilidan boshlab, maktab bitiruvchilariga kasb-hunar boʻyicha elektron sertifikat beriladi

Muhokamalar portaliga “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi.

 

Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

 

Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi.

 

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры