Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchilari tengdoshining qo‘liga o‘qituvchi igna sanchganini rad etdi

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida o‘quvchilarni igna sanchish bilan jazolayotgan o‘qituvchi haqida xabar bergan edik.

 

Sirdaryo viloyati IIB bu haqda rasmiy munosabat bildirdi.

 

“Sirdaryo viloyati IIBning 102-qisqa raqamiga Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi E. G‘. Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1e-sinfda o‘quvchi qizi G‘. O. o‘qituvchisi Abdullayeva Go‘zal qo‘liga igna tiqqan va hojatxonaga chiqarmasdan tazyiq o‘tkazganligini ma’lum qilgan.

 

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Surishtiruv davomida mutaxassislar tomonidan ushbu maktabning 1-ye sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazganida suhbatda ishtirok etgan 28 nafar o‘quvchilar o‘qituvchisi tomonidan hech qanaqa qo‘pollik qilmaganligi, G‘. O. urishmaganligi, unga igna tiqmaganligini bildirishgan. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Ota onalar tomonidan esa o‘qituvchi ijobiy tavsiflangan.

 

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan G‘.O.ga Sud tibbiy ekspertizasiga olgan tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan.

 

Sirdaryo tumani IIB JXX HPB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda”,- deyiladi IIB xabarida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры