Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 134-sonli farmonining 9-bandiga koʻra, umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga ustamalar toʻlanadi.
Mazkur qarorga koʻra, Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan beriladigan quyidagi sertifikatlar uchun kamida B+ daraja olinganda 20 foiz miqdorida ularning ta’rif stavkalariga nisbatan ustama toʻlanadi:
- Ona tili va adabiyot
- Tarix
- Geografiya
- Kimyo
- Biologiya
- Matematika
- Fizika
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab
– Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama quyidagi tartibda toʻlanadi.
– xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida toʻlanadi;
– umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.