Qo‘shma ta’lim dasturidan nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Qo‘shma ta’lim dasturlari — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi.
 
 

Qo’shma ta’lim dasturida o’qishni ko’chirish tartibi qanday?

 
 

Vazirlar mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori 28-bandiga ko‘ra,

 
 

– qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ular ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotining boshqa ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) yoki boshqa O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi;

 
 

 – qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ular ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotining yoki boshqa O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining qo‘shma ta’lim dasturlariga hamda  nodavlat OTMlarga ham o’qishni ko’chirishlari mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры