Pedagoglar uchun malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi

Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi. Bu haqda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma‘lum qildi.

 

Malaka test sinovlari oʻtkazish joylari:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

 

Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

 

Buxoro viloyati: Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlogʻi, 165-uy)

 

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

 

Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

 

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)

 

Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumtaʼlim maktabi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

 

Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

 

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

 

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi (Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 19-uy)

 

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

 

Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi, “Mevazor” MFY, Quvonch koʻchasi, 111-uy)

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры