Ta'lim krediti olgan talabalarga chet elga chiqishda ta'qiq bormi? - Ta’lim xabarlari
Ta’lim krediti olgan talabalarga chet elga chiqishda ta’qiq bormi?

Ta’lim krediti olgan talabala magistraturani xorijiy OTMlarda oʻqimoqchi boʻlsa, unga ruxsat berilmaydimi?

 

Ushbu savol yuzasidan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari hamda ta’lim krediti ajratayotgan Hamkor bank xodimlari bilan bogʻlandik.

 

Berilgan ma’lumotlarga koʻra, ta’lim krediti o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda toʻlanadi.

 

Ya’ni talaba o’qishni bitirgandan keyin, yettinchi oydan boshlab belgilangan miqdorni oyma-oy toʻlab borishi kerak.

 

Agar talaba magistratura ta’limini xorijdagi OTMlarda davom ettirish uchun yoki boshqa sabablar bilan xorijga chiqayotganda hech qanday cheklov boʻlmaydi. Ammo kreditni belgilangan vaqtda toʻlamasa yoki boshqa qarzdorligi boʻlsa, xorijga chiqishga ruxsat etilmasligi mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры