Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas