O‘quvchini urgan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarligi uchun 7 sutkaga qamaldi

O‘quvchini urgan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarligi uchun 7 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 188-maktabda oʻquvchini urgan sinov muddatidagi oʻqituvchiga yana boshqa huquqbuzarligi uchun jazo ko’rildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2024-yilning 24-sentyabr kuni 44 yoshli ayol (oʻquvchini urgan ayol) 14 yoshli qizi oʻqiydigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib qolgan va maktab direktorining MMIB oʻrinbosariga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ayoldan jamoat joyida tartibga rioya qilishi soʻralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan gʻayriijtimoiy munosabatda boʻlib, ularining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu noqonuniy harakatlarini ayol koʻplab maktab oʻquvchilari koʻz oʻngida sodir etgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

25-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayol sud tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197−5-moddasi (Taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) bilan aybdor deb topilib, unga 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, BHMning 3 baravari (1 020 000 soʻm) va BHMning 7 baravari (2 380 000) soʻm jarima jazosi tayinlandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ombudsman xabarida ayolning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabda 6-sinf oʻquvchisiga nisbatan sodir etgan harakati hozirda tergovga qadar tekshiruvda ekanligi ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“️Pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Nomunosib xulqli, bola sogʻligʻi uchun xavfli shaxslar taʼlim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas”, — deyiladi xabarda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠