Olmaliqdagi maktabda 12 o‘quvchi suvdan zaharlangani aytilyapti. “O‘zsuvta’minot” nima deydi? - Ta’lim xabarlari
Olmaliqdagi maktabda 12 o‘quvchi suvdan zaharlangani aytilyapti. “O‘zsuvta’minot” nima deydi?

Olmaliq shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar 12 nafar o‘quvchi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda oldinroq xabar bergan edik.

 

Holatni o‘rgangan Bolalar ombudsmani maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilishi natijasida sog‘ligidan shikoyat qilganini ma’lum qilgan.

 

Holat yuzasidan “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov rasmiy bayonot berdi.

 

Olmaliq shahar suvta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida suvdan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil namunalari olingan. Shuningdek, hududda yashovchi aholidan ichimlik suv sifati bo‘yicha ma’lumotlar olingan va ularda e’tiroz, ichimlik suv sababli sog‘lig‘ida shikoyatlar yo‘qligi aniqlangan.

 

“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan 20-sentyabrda Buxoro maktabida olingan 4 ta ichimlik suv namunalari xulosasiga ko‘ra, ichimlik suv belgilangan me’yor talablariga javob beradi. Bu esa yuqorida qayd etilgan kasallangan o‘quvchilarning ichimlik suviga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi”, – deyiladi bayonotda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры