Olmaliqda maktab o‘quvchilari suvdan zaharlandi

Olmaliqda maktab o‘quvchilari suvdan zaharlandi

Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilishi natijasida sog’lig’ida shikoyat qilib, joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, hozirda maktab o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olingan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Bolalar ombudsmani matbuot xizmati mazkur holat o‘rganilayotganligi haqida xabar qildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠