Endi fan olimpiadalarida gʻolib deb topilish uchun 76 va undan yuqori ball toʻplash talab etilmaydi - Ta’lim xabarlari
Endi fan olimpiadalarida gʻolib deb topilish uchun 76 va undan yuqori ball toʻplash talab etilmaydi

II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan Maktab bosqichida (I bosqich) 1,2,3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida oktyabr oyida oʻtkaziladi.

 

Akademik litseylar oʻquvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning Maktab bosqichi gʻoliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar.

 

II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1,2,3-oʻrinlar) gʻolib aniqlanadi va hakamlar hayʼati qarori asosida tashkiliy qoʻmita tomonidan III bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

 

II bosqich tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi va hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.

 

Endilikda asosiy fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida ballar ketma-ketligida 1,2,3- oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarning gʻolib deb topilishi uchun 76 va undan yuqori ball toʻplashlari talab etilmaydi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры