Urganch davlat universiteti davlat xaridlarida qariyb 30 mlrd so‘mlik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan - Raqobat qo‘mitasi - Ta’lim xabarlari
Urganch davlat universiteti davlat xaridlarida qariyb 30 mlrd so‘mlik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan – Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Urganch davlat universitetining talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha tender savdosi qonunga zid deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Unga ko‘ra, Raqobat qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirigʻiga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi boʻyicha boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻm boʻlgan tender savdosi yuzasidan oʻrganish ishlarini oʻtkazgan.

 

Oʻrganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” obyektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi maʼlum boʻlgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020-yildagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha boʻlgan Oliy taʼlim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan.

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim boʻlgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры