Milliarder Jeff Bezos bepul bog‘cha ochdi. Unga bolalar lotareya orqali qabul qilinadi

Milliarder Jeff Bezos bepul bog‘cha ochdi. Unga bolalar lotareya orqali qabul qilinadi

Amazon asoschisi Jeff Bezos 3-5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bepul bog‘cha ishga tushirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bog‘chaning o‘ziga xos jihati shundaki, u keksalar yashaydigan majmua hududida joylashgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

AQShning Arizona shtatida Amazon asoschisi Jeff Bezos tomonidan tashkil etilgan “Bezos Academy’’ning 3–5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan yangi bepul bog‘chasi ochildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yerda ta’lim Montessori tamoyillariga asoslangan dastur asosida yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi markaz 100 nafargacha bolani qabul qila oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur bog‘cha to‘liq kunlik rejimda, haftasiga besh kun ishlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim, o‘quv materiallari, ovqatlanish va boshqa zarur xizmatlar belgilangan talablarga javob beradigan oilalar uchun bepul hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bog‘chaning o‘ziga xos jihati shundaki, u keksalar yashaydigan majmua hududida joylashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yerda yashovchi keksa insonlar bolalar bilan turli mashg‘ulotlar, san’at va jamoaviy loyihalarda ishtirok etishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu orqali bolalar va keksa avlod vakillari o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bog‘chadagi bepul ta’lim faqat juda kam daromadli oilalarga mo‘ljallanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bezos Academy ma’lumotiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilida to‘rt kishilik oilaning yillik yalpi daromadi 132 ming dollargacha bo‘lgan oilalar ham markazga ariza topshirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq belgilangan daromad talabiga mos kelish bolaning qabul qilinishini kafolatlamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabgorlar o‘rtasida lotereya o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu Bezosning birinchi bepul bog‘chasi emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U asos solgan tarmoq AQSHning Arizona, Florida, Gavayi, Kentukki, Texas va Vashington shtatlarida 40 dan ortiq maktabgacha ta’lim markazlarida faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠