UNESCO: 2030-yilgacha dunyoda yana 50 million o‘qituvchiga ehtiyoj bo‘ladi

UNESCO: 2030-yilgacha dunyoda yana 50 million o‘qituvchiga ehtiyoj bo‘ladi

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda ta’lim oluvchilar sonining ortishi va o‘qituvchilik kasbini tark etayotganlar o‘rnini to‘ldirish uchun 2030-yilgacha yana 50 million nafar o‘qituvchi kerak bo‘ladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 107 million nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq 2030-yilgacha maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’limdan barcha uchun foydalanish imkonini ta’minlash uchun mavjud o‘quvchilarning har ikki nafariga yana bir nafar o‘qituvchi kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda UNESCO Statistika instituti ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tashkilotning 2026-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, zarur bo‘lgan yangi o‘qituvchilarning 58 foizi yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun emas, kasbni tark etayotgan o‘qituvchilar o‘rnini to‘ldirish uchun kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchilarning kasbga munosabati ham muhim muammo sifatida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ OECDning “TALIS 2024” so‘rovnomasida qatnashgan mamlakatlarning 75 foizida o‘qituvchilarning 40 foizidan kamrog‘i o‘z kasbini jamiyat tomonidan qadrlanadi, deb hisoblagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Kasbi qadrlanishini his qilgan o‘qituvchilarning kelgusi besh yil ichida kasbni tark etish haqida o‘ylash ehtimoli 10 foizdan ko‘proqqa past bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchilar haftasiga o‘rtacha 19 soat dars beradi, biroq tayyorgarlik, uy ishlarni tekshirish va ma’muriy vazifalar bilan birga umumiy ish vaqti qariyb 60 soatni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, tahlil qilingan 68 mamlakatning har beshtasidan ikkitasida o‘qituvchilar maoshi xuddi shunday malakaga ega boshqa mutaxassislarning daromadidan past ekani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

UNESCO hukumatlarga o‘qituvchilar uchun raqobatbardosh maosh va rag‘batlantirish tizimini yaratish, kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, ortiqcha ish yuklamasini kamaytirish hamda maktablarda xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishni tavsiya qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 113 mamlakat ta’limdan ko‘ra tashqi qarzlarni to‘lashga ko‘proq mablag‘ sarflayotgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠