Texnikumlarda boʻsh qolgan oʻrinlarga kamida umumiy oʻrta maʼlumot negizida (11-sinf) qoʻshimcha qabul boshlandi.
2026-2027-oʻquv yili uchun kasbiy taʼlim tashkilotlariga 11-sinf oʻquvchilarini boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kunduzgi, kechki va dual taʼlim shakllariga qoʻshimcha qabul eʼlon qilindi. Bu haqda Kasbiy taʼlim agentligi xabar qildi.
Yangi oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari joriy yilning 5-oktyabridan 14-oktyabriga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Muhim! Prezident Farmoni bilan texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2 yoki 3-kursidan oʻqishini davom ettirishga ruxsat berildi.
