Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maktabdagi adabiyot fani oʻqituvchisining unga bogʻliq xotiralarini eshitib, taʼsirlanib yigʻladi.
Madaniyat va maʼrifat telekanalining “Doʻstlar davrasida” nomli koʻrsatuvining ustozlarga bagʻishlangan yangi sonida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovalar ham ishtirok etdi.
Koʻrsatuv davomida Madaniyat vazirining maktabdagi adabiyot fani oʻqituvchisi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Ozodbek Nazarbekov va Eʼzoza Karimovalarning oʻquvchilik davrlari bilan bogʻliq xotiralarini soʻzlab berishgan.
Adabiyot oʻqituvchisining soʻzlarini tinglarkan, Ozodbek Nazarbekov koʻziga yosh oldi.
«Shu davrada eng yaxshi koʻrgan oʻquvchilarimdan biri Ozodbek Nazarbekov ham bor. Ozodbek bir yilda toʻqqizta tadbir oʻtkazadigan boʻlsam, hamma tadbirlarimda qoʻshiqlar aytib, tadbirlarimni yaxshi oʻtkazishga menga yaqindan yordam bergan oʻquvchilarimdan edi.
Ozodbek Nazarbekovni shu darajaga yetishida adabiyot oʻqituvchisining roli bor deb oʻylayman», — deydi oʻqituvchi.
