Buxoro davlat universitetining ma’muriy va oʻquv binolari sotuvga qoʻyildi

Buxoro davlat universitetining ma’muriy va oʻquv binolari sotuvga qoʻyildi

Buxoro davlat universitetining oʻquv binosi 658,9 mlrd soʻm miqdorida sotuvga qoʻyildi. Universitet yangi binoga koʻchgach, hudud xaridorga beriladi.

 

Buxoro davlat universitetining maʼmuriy va oʻquv bino-inshootlari sotuvga qoʻyilgani aytilmoqda.

 

Qariyb 15 gektar yerda joylashgan koʻchmas mulk obyektining boshlangʻich bahosi 658,9 mlrd soʻm etib belgilangan.

 

Xaridor obyekt hududida turizm markazi tashkil qilishi kerak boʻladi. Universitet yangi binoga koʻchib oʻtganidan soʻng obyekt xaridorga topshiriladi.

 

Avvalroq, Toshkent davlat pedagogika universitetining bir nechta binosi sotuvga qo‘yilgan edi.