Qarshi shahrida universitet binosida yong‘in chiqdi (video)

Qarshi shahrida universitet binosida yong‘in chiqdi (video)

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi davlat texnika universiteti yonayotgan video lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Ushbu hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

 

“Bugun, 14-sentabr kuni soat 14:53 da ‘‘112’’ tizimi orqali Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahrida joylashgan Qarshi davlat texnika universitetining bosh binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib hozirda yong‘inni o‘chirishmoqda.

 

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan’’, — deyiladi FVV bayonotida.

 

Vazirlik voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni keyinroq taqdim etishini ma’lum qildi.

 

Keyinroq FVV universitetidagi yong’in soat 15:57’da to‘liq o‘chirilgani haqida xabar berdi.