2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar qildi.
Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar «Mening arizalarim» bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida o’tkaziladigan chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari jadvalini e’lon qilgan edik.
