Xorijiy davlatlarda tahsil olgan fuqarolarning diplom va boshqa ta’lim hujjatlarini tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovi 2026-yil 10-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Testda ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, fanlar va imtihon hududi e’lon qilindi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 10-sentyabr kuni o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar imtihon joyi, topshiradigan fanlari va test vaqti haqidagi ma’lumotlarni oldindan tekshirib olishlari lozim. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va imtihon hududi quyidagi PDF faylda keltirilgan.
Talabgorlar o‘zlariga tegishli ma’lumotlarni my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami orqali aniqlashlari mumkin.
Imtihon kuni talabgorlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishlari talab etiladi.
Shu sababli talabgorlarga imtihon oldidan o‘zlari uchun belgilangan test hududi, fanlar va vaqtni qayta tekshirib olish tavsiya etiladi.
Ro‘yxat — Faylni yuklash
